
MAHSULOT KATALOGI
- Barchasi
- Gollandiya qattiq pishlog`i
- Dudlangan kolbasali pishloq








BIZ HAQIMIZDA
Har qanday nonushta yoki taomni pishloqsiz tasavvur qila olasizmi? Ushbu mahsulot ijobiy xususiyatlari bilan barchaga ma'lum. Tanadagi kalsiy yetishmasligini oldini olish uchun kattalar va bolalar uchun tavsiya etiladi. Taomlarga qo'shilgan pishloqlar taomlarga yangi noyob ta'm baxsh etadi.
Sevimli mahsulotingiz ishlab chiqarishdan to dasturxoningizga yetib kelgunga qadar qanday jarayonlar amalga oshishini o'ylab ko'rganmisiz? Aslida, bu ko'p bosqichli ish bo'lib, unda ko'plab mutaxassislar ishtirok etadi. Har bir jarayonni hisobga olish muhim ahmaiyat kasb etadi.
Brandcheese uzoq vaqtdan beri yuqori sifatli pishloq mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Shahringizdagi do'kon rastalaridan quyidagi turdagi pishloqlarni sotib olishingiz mumkin:
Brand;
Gusto;
Mustafo;
Brend Kids;
Sirnie palochki.
Ushbu variantlarning har biri o'ziga xos ta'mga ega. Ayniqsa, bolalar uchun Brand Kids pishlog'i nooyb ta'm va ko'rinishga ega. Nozik ta'm egalari Smak va Brand pishloqlarining o'ziga xos notalarini qadrlashadi.
Mahsulotlarimiz ishlab chiqarishning har bir bosqichida sinchkovlik bilan tekshiriladi. Pishloq ishlab chiqarish uchun zamonaviy moslamalar qo'llaniladi, bu kerakli mustahkamlikka erishishga imkon beradi va ishlab chiqarish jarayonining mukammal sterilligini ta'minlaydi. Ishlatilgan xomashyo o'z obro'sini qadrlaydigan ishonchli yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib beriladi.
Brandcheese 2014-yilda tashkil etilgan bo'lib, o'sha paytda uchta xodim ishlagan. O'sha yili uch tonna pishloq mahsulotlari tayyorlangan. Tajriba va xatolar tufayli biz bugungi kunda do'kon rastalarida ko'rish mumkin bo'lgan turli xil pishloqlarni tayyorlashning eng noyob retseptlarini ishlab chiqdik. Bugungi kunda korxonada 25 kishi ishlaydi, ishlab chiqarish hajmi 30-40 tonnaga yetdi.
Ochilgan vaqtdan boshlab biz uzoq yo'lni bosib o'tdik, tajriba orttirdik va pishlog'imiz sifatini doimiy ravishda yaxshilaymiz. Biz vaqti-vaqti bilan milliy ko'rgazma va tanlovlarda ishtirok etib, faxrli sovrinlarni qo'lga kiritganmiz. Biz kompaniyamiz imkoniyatlarini kengaytirishni davom ettirmoqdamiz va mahsulotlarimiz O'zbekistonning turli xil nuqtalariga yetkazib berilmoqda.
Biz ishonchli sheriklarni qadrlaymiz, rivojlanish strategiyamiz yuqori natijalarga erishishga imkon beradi va bizning ichki salohiyatimiz va rivojlanish istagimiz kelajak haqida qayg'ruishga ko'maklashadi. Hamkorlarimiz va sodiq mijozlarimizning ko'plab ijobiy fikrlari bizni yangi kashfiyotlar va g'oyalarga chorlaydi.
Bizning yutuqlarimiz
Pishloq tayyorlashda faqat ishonchli yetkazib beruvchilar tomonidan tasdiqlangan va yuqori sifatli xomashyolardan foydalaniladi. Ishlab chiqarishda saqlash shartlari puxta o'ylangan. Bizning pishloqlarimiz har bir bosqichda ta'mi va sifati uchun sinovdan o'tkaziladi.
Bugungi kunda Brandcheese mahsulotlarini shaharning eng yirik supermarketlarida (Basket, Makro va boshqalar) sotib olish mumkin.
Pishloq mahsulotlarini eksport qilish bo'yicha Qozog'iston va Tojikiston bilan muzokaralar olib borilmoqda.

SO'NGI YANGILIKLAR

Pishloqning tayyorlanish jarayoni
Pishloqning tayyorlanishi birmuncha qiziq va murakkab jarayon. Ushbu postda sizlarga qisqa ma'lumot berib o'tsak, qani kettik!
- Pasterizatsiya. Bu jarayon sutni juda...

Bahor fasli - kerakli vitaminlar iste'mol qilishni unutmang!
Bahor kelishi bilan ko'pchiligimizda vitamin yetishmasligi yuz beradi. O'zingizni tetik his qilishingiz va kasal bo'lmasligingiz uchun D, C, A, E, V vitaminlari, magniy tarkibida bo'...

Mahsulotlarimizni qayerdan topsa bo'ladi?
Mahsulotlarimizni xarid qilmoqchisizu, ammo topa olmayapsizmi
#brand_cheese mahsulotlarini Korzinka va Makro tarmoqlaridan topishingiz mumkin!
Ushbu magazin tarmoqlarida keng assortim...
KOMPANIYA HAQIDA FIKRLAR
Очень качественная продукция, на удивление мои дети очень полюбили cыры, BRAND CHEESE для меня стали приятным открытием.
Лиза Петрова
AFRAIK ООО
Хороший продукт, убедилась сама когда вечером зашла в korzinka.uz и не нашла на прилавках свои любимые BRAND CHEESE , теперь буду выходить с работы по раньше что бы успеть купить заветную пачку cыр.
Валерия Кайбелева
QUALITY TRIUMPH ООО
Рекомендую cыры, после тяжелого рабочего дня включаю любимый сериал и обязательно открываю упаковку BRAND CHEESE , не вредно как семечки и очень сытно.
Иван Беликов
KAPERS AGRO SERVIS ООО
Biz doimo sizning mahsulotingizni olamiz, chunki siz doimo sifatli mahsulotlar ishlab chiqasiz. Kompaniyangizga omad tilayman.
Алишер Юлдашев
Big Spaceship